Angren shahri hokimi Alisher Raimov hududda qurilayotgan Prezident maktabi ta’minotchilari bilan muloqot chog‘ida haqoratli so‘zlar ishlatgan. Toshkent viloyati hokimligining Odob-axloq komissiyasi viloyat hokimidan Raimovga chora ko‘rishni so‘radi. Uning o‘zi qilgan ishidan «ming pushaymon»ligini bildirdi.
Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Umarova insta-bloger Sevinch Sa’dullayevani sudga berdi. Sud vaqtida bloger o‘z qilmishlarini boshqa takrorlamaslik hamda barcha video va fotosuratlarni o‘chirib tashlashga va’da berib, yengilroq jazo tayinlanishini so‘ragan, biroq 5 sutkaga qamalgan.
Xalq ta’limi vazirligi 1 avgustga qadar maktablarda ichki tartib va odob-axloq qoidalarini qayta ko‘rib chiqadi. Unda maktab va ota-onaning ta’lim va tarbiyada ishtiroki, mas’uliyati hamda majburiyatlari aks ettiriladi. Qolaversa, 2023−2024 yillarda maktablarda eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun jami 400 mlrd so‘m ajratiladi, internet tezligi 100 Mbit/s gacha oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting